2024-yilda O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi IMGR xalqaro eksport agentligi bilan birgalikda xalqaro bozorlarga chiqishni istagan kompaniyalarni qo'llab-quvvatlash uchun birinchi akseleratsiya dasturini ishga tushirdi.
500 dan ortiq berilgan arizalar ichidan to'qimachilik, agrosanoat majmuasi, qurilish materiallari va boshqa sohalarga oid 100 ta kompaniya tanlab olindi. Dastur kompaniyalarga bozor salohiyatini baholashdan tortib tijorat takliflarini ishlab chiqish va mijozlar bilan muzokaralargacha eksportga tayyorgarlik ko'rishda yordam beradi.
Ayrim kompaniyalar allaqachon Amazon va Shopify bilan muzokaralar olib borishmoqda, boshqalari esa Yevropa Ittifoqiga tovarlarni sinov (test) tarzida yetkazib bermoqdalar. Tadbirkorlar xalqaro hamkorlar topish va marketing uchun sun'iy intellekt texnologiyalaridan faol foydalanmoqdalar.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/miit/news/view/54962