Toshkentda eksport akseleratori dasturiga tanlov natijalari taqdim etildi: ishtirokchilar dasturning birinchi bosqichidan o‘tdi

08.11.24 / Toshkent
Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan akselerator dasturining ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov, soha tashkilotlari, tegishli idoralar, tanlovdan o‘tgan kompaniyalar va MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan eksport bo‘yicha ta’lim moduli ekspertlari, mutaxassislar ishtirok etdilar.
O‘z qutlov nutqida Ilzat Kasimov akseleratorning asosiy maqsadlari – ishtirokchilarni eksport faoliyatining barcha bosqichlari bo‘yicha, ya'ni bozorlar va raqobat muhiti tadqiqotidan tortib, pitch taqdimotlari va muzokaralar takliflarini tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlarda ekspertlar va tashqi bozorlardagi hamkorlar bilan birgalikda kompleks tayyorlash ekanligini ta'kidladi. Akselerator dasturi shunday tuzilgan-ki, ishtirokchilarning barcha muvafaqqiyatlari eksport bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tomonidan kuzatib boriladi, bu esa matching imkoniyatlarini oshirib, ishtirokchilarning raqobatbardoshligini yanada yuksaltiradi.
Tanlov natijalarini e'lon qilish va akseleratorda o‘zini tanishtirish bilan bir vaqtda, tadbir doirasida xorijlik spikerlar va mahalliy eksportchilar tomonidan ta'lim modullari ham o‘tkazildi. Spikerlar kompaniyalarni eksport faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilar bilan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, Yevropa bozorida va MDH davlatlarida ishlash, samarali savdo munosabatlarini shakllantirish, hamkorlar topish, takliflar va tashqi bozorlardagi marketing vositalari haqida interaktiv sessiyalar o‘tkazdilar.
Ekspertlar ta'kidlashicha, O‘zbekiston eksport faoliyatini muvaffaqiyatli ravishda kengaytirmoqda, buni amaliyotda ko‘rish ham mumkin: savdo rastalarda mahsulotlar ko‘paymoqda, xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etilmoqda, hatto mamlakatga reyslar sonining ko‘payishi orqali ham investitsiyalar va eksportga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganligini ham tahlil qilish mumkin. Shu bilan birga, o‘rta biznesning o‘z salohiyatini yuksaltirib, yirik eksportchilarga aylanishi mumkin. Ishtirokchilarning 75 foizdan ortig‘i hududlardan ekanligi ham mamlakatning kuchli ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi ta'kidlandi.
Ishtirokchilar, shuningdek, akselerator ishining barcha bosqichlari, biznesni eksport faoliyatiga tayyorlashning asosiy bloklari hamda ekspertlar va dastur trekerlari bilan hamkorlik qilishning batafsil bosqichma-bosqich rejasi bilan tanishdilar.
— Har bir kompaniyaga trekerni kiritamiz, u reja asosida yutuqlarni kuzatib boradi va jamoalardan bajarilgan ishlar bo‘yicha fikr-mulohazalar oladi. Trekerning vazifasi – kompaniyalar ta'lim bloklarini (onlayn va oflayn) qanday o‘tayotganini, topshiriqlarni qanday bajarayotganini va amaliy qismlarga qanday tayyorlanayotganini real vaqt rejimida monitoring qilishdir. Trekerning har bir bosqichda ishtirok etishi, hatto bitimlar tuzish va mahsulotlarni eksport shartnomalari asosida chet elga jo‘natishgacha zarurdir, — dedi IMGR kompaniyalari guruhining bosh direktori Yekaterina Norkina. — Dastur va trekerlar kompaniyalarga tashqi bozorlar xususiyatlariga qarab tanlangan. Biz ishtirokchilarni sanoat tarmoqari kesimida raqobat muhitini tahlil qilish, moliyaviy hisob-kitoblar va savdo takliflarini tayyorlashda qo‘llab-quvvatlaymiz.
Dastur samaradorligining ko‘rsatkichi sifatida eksport shartnomalarining tuzilishi belgilangan, shu maqsadda O‘zbekiston tomoni xalqaro mutaxassislarni, jumladan, MDH va Yaqin Sharq bozorlarida eksport bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan.
Spikerlar shuningdek, mamlakatda eksportchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlarni, jumladan, eksportchilarning transport, marketing, reklama xarajatlarini, ruxsat beruvchi hujjatlar olish, sertifikatlar olish uchun sarflanadigan xarajatlarni, imtiyozlar va preferensiyalarni ta'kidlashdi.
Ma'lumot:
IMGR eksport agentligi 15 yildan ortiq vaqt davomida MICE va B2B tadbirlari yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda va 2019 yildan boshlab eksportchilarni xalqaro bozorga chiqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Agentlik jamoasida eksport bo‘yicha konsalting, menejment, mahsulotlarni ishga tushirish, sotuvlar va B2B konsalting sohalarida 30 dan ortiq mutaxassislar faoliyat yuritadi.
Kompaniyaning portfelida 1000 dan ortiq muvaffaqiyatli eksport shartnomalari va 200 dan ortiq amalga oshirilgan B2B va B2G marketing loyihalari mavjud.