Joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan respublika raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchilarini dunyo bozorlariga olib chiqish maqsadida tashkil qilingan eksport akseleratori dasturi doirasida ochiq eshiklar kuni bo’lib o’tadi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbariyati, dasturning birinchi bosqichida saralangan 100ta kompaniya vakillari hamda o’quv modulining YeI va MDH davlatlaridan ekspert-murabbiylari ishtirok etadi.
Qoidalarga ko’ra, birinchi bosqichda tanlangan ishtirokchilar akselerator dasturining o’quv bosqichiga taklif etiladi. Ularga xalqaro darajadagi spiker va murabbiylar mashg’ulotlar o’tkazishadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, akselerator turli sohalardagi kichik va o'rta biznes uchun dunyoning yirik bozorlariga tovarlarning yirik eksportchisiga aylanish uchun yaxshi imkoniyatdir.
- Biz qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va sanoat tarmoqlari vakillari orasida akseleratsiya dasturiga talabning ortishini kuzatmoqdamiz. Dastlabki guruhda biz 100 ta joy ajratdik va birorta ishtirokchi birinchi modulning samaradorlik ko‘rsatkichlaridan o‘ta olmasa, yana 20 ta kompaniyani zaxiraga oldik, - akselerator fao;iyatini izohlab, dedi IMGR kompaniyalar guruhi bosh direktori Yekaterina Norkina.
O‘quv moduli doirasida korxonalarga eksport shartnomalarini tuzish va xorijiy bozorlarga chiqish jarayonida mutaxassislar guruhi hamrohlik qiladi.
— O‘zbekiston uchun samarali eksport yo‘nalishlari hamda mahalliy bozor xususiyatlarini hisobga olgan holda biz birinchi o‘quv moduli uchun samarali dastur ishlab chiqdik. Uning asosiy vazifasi – eksport maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, bozor va hamkorlarni aniqlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunikatsiyalar strategiyasini ishlab chiqish, — dedi IMGR kompaniyalar guruhi bosh direktori Yekaterina Norkina.- Biz faqat nazariy bilimlarga e’tibor qaratmaymiz, birinchi modulning o’zida ishtirokchilar o‘z kompaniyalarining tarmoq guruhlari doirasidagi birinchi taqdimotlarini o’tkazadilar, har bir bosqichda amaliy tadbirlar ham o‘rin olgan, chunki bu tashqi muzokaralar uchun juda muhim. Eksport va eksport shartnomalari iqtisodiyoti bo'yicha ma'lumotlardan tashqari, ishtirokchilar boshqa ko‘nikmalar hosil qilishadi, masalan, nutq so‘zlashni o‘rganadi.
Eslatib o’tishimiz joizki, dasturning samaradorlik ko‘rsatkichini yil yakunida tuzilgan eksport shartnomalari ko’rsatib beradi, yaxshi natijaga erishish uchun MDH va Yaqin Sharq bozorlaridagi yetakchi xalqaro eksport mutaxassislari jalb etilgan.
Ta’kidlash joizki, akselerator dasturida O’zbekiston Respublikasining turli hududlaridan 70%dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi. Eng ko’p ishtirokchilar Toshkent shahridan saralangan, ikkinchi o’rinda - 21% bilan Samarqand viloyati turibdi.
Ishtirokchi kompaniyalar asosan MDH davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishga tayyorlanadilar (61%dan ortiq), 23% - Yevropa va 5,8% kompaniyalar Yaqin Sharq davlatlari bilan (5,8%) ishlashga tayyorgarlik ko’radilar.
Ma’lumot uchun:
IMGR eksport agentligi 15 yildan ortiq MICE va B2B yo’nalishlari bo’yicha muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda va 2019 yildan beri eksportchilarga xalqaro bozorlardagi faoliyati doirasida ko’maklashib kelmoqda. Agentlik jamoasi eksport konsaltingi, menejment, mahsulotlarni ishga tushirish, sotish va B2B konsalting sohalarida 30 dan ortiq mutaxassislardan iborat.
Kompaniya portfoliosida1000 dan ortiq muvaffaqiyatli eksport operatsiyalari, shuningdek, amalga oshirilgan 200 ga yaqin B2B va B2G marketing loyihalari mavjud.